top of page
Fido Studio logo

ISH TURI

UI/UX, WIX

ZO'R TOVUQ

cover.jpg

ZO'R TOVUQ

MUMMO

ZO’R TOVUQ bir necha yildan beri bozorda tanilgan brend bo‘lishiga qaramasdan, onlayn maydonda yagona, ishonchli va zamonaviy “yuz”ga ega emas edi. Brend offline qadoqlash va bozorlardagi ko‘rinishi orqali mashhur lekin:

 

Retail va HoReCa segmenti uchun alohida korporativ prezentatsiya yo‘q edi,

 

Halol, ISO va FSSC sertifikatlari bo‘lishiga qaramay, ular mijozlar uchun qulay va tushunarli formatda ko‘rinmasdi,

 

Mahsulotlar assortimentini strukturalangan katalog ko‘rinishida ko‘rsatish, har bir mahsulot bo‘yicha qisqa, jonli tavsif berish imkoni yo‘q edi,

 

Brend uch tilda (UZ/RU/EN) ma'lumot berishi  kerak edi, lekin bitta platformada buni qo‘llab-quvvatlaydigan dizayn va UX yechimi mavjud emas edi.

 

Mijozga  hamkorlar (yirik do‘konlar, supermarketlar, restoranlar) va oddiy xaridorlar uchun bir vaqtning o‘zida ishonchli va professional  ko‘rinadigan rasmiy veb-sayt kerak edi.

YECHIM

Fido Studio muammoni vizual , UI tizimi , struktura va UX , texnik tizim yo‘nalishlarda hal qildi.

Birinchi saytning aniq tuzilmasi ishlab chiqildi: Bosh sahifa, Biz haqimizda, Mahsulotlar, Manzillarimiz, Hamkorlar, Yangiliklar va Aloqa bo‘limlaridan iborat site-map tuzildi. Har bir bo‘lim joylashuvi  hamkorlar (HoReCa, retail) va foydalanuvchilar (oddiy xaridorlar) ehtiyojidan kelib chiqib rejalashtirildi, shuning uchun foydalanuvchi kerakli ma’lumotni tezda topa oladi.

 

Packagingdagi qizil palitra asosida butun sayt bo‘ylab minimalistik va bir xil vizual stil yaratildi. Brend hikoyasi uchun katta tipografiya qo‘llanib, sertifikatlar va mahsulotlar maxsus karta-komponentlarda ko‘rsatildi. “Biz bilan bog‘laning” bo‘limi esa ikki qismli layout sifatida berildi: malumotlar va brend illyustratsiyasi. Barcha tugmalar, xaritalar, formalar va tablar yagona modulli sistema sifatida chizildi, shuning uchun keyinchalik admin panelga ulash va kengaytirish oson bo‘ladi.

 

Dizayn responsiv grid asosida qurildi, ya’ni u ham desktop, ham mobil qurilmalarda qulay ishlaydi. Header qismida uch tilli language switcher joylashtirildi, bu saytni o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanish imkonini beradi. Kontent bloklari SEO va accessibility talablari hisobga olingan holda sodda, o‘qilishi oson va semantik jihatdan toza struktura bilan loyihalandi.

NATIJA

Kreativ dizayn va zamonaviy sayt mijozga quyidagi natijalarni berdi:

 

ZO’R TOVUQ endi offline qadoqlash bilan bir xil uslubda, yagona raqamli identitetga ega bo‘ldi – brendni ham onlayn, ham oflayn bir xil tanish mumkin.

 

Hamkorlar va tekshiruvchi tashkilotlar uchun kerakli hujjatlar “Ishoch hujjatlarimiz” bo‘limida jamlandi – sertifikatlarni alohida yuborish o‘rniga, bitta sahifa havolasini berish kifoya.

 

Mahsulotlar katalogi orqali foydalanuvchilar packshot, qisqa tavsif, og‘irlik va narxni bir joyda ko‘rib, qaror qabul qilishni osonlashtiradigan interfeysga ega bo‘lishdi.

 

Uch tilda ishlaydigan, responsiv va modulli dizayn tufayli kompaniya keyinroq kontentni kengaytirishi, yangi mahsulot va bo‘limlarni qo‘shishi mumkin bo‘lgan moslashuvchan saytga ega bo‘ldi.

timeline.avif

Bizning hikoyamiz
qanday boshlandi

2017-yilda “ZO’R TOVUQ” kichik bir orzudan boshlandi: odamlar sifatli, halol va hamyonbop mahsulot topa oladigan brend yaratish. O‘sha vaqtda yo‘l oson emasdi — har bir qadamda mehnat, izlanish va halollik turardi.
Lekin bir narsa o‘zgarmadi: biz har doim odamlarning dasturxoniga mazali va foydali taom olib kirishni o‘z oldimizga maqsad qildik. Bizning hikoyamiz odamlar uchun yaratilgan oddiy orzudan boshlandi. Bugun esa bu orzu minglab oilalarga baraka olib kelmoqda.

HERO.avif
MAP.avif
tablet.avif
submit massage.avif
mobile.avif
full image (1).avif
Cover .avif
bottom of page