ISH TURI
UI/UX, WIX
TASNIF GROUP

TASNIF GROUP
MUMMO
Tasnif Group — o‘zining yuqori sifatli grafik dizayn, brending va videorolik tayyorlash xizmatlari bilan tanilgan raqamli agentlik. Biroq, eski veb-sayti foydalanuvchilarga murakkab va noaniq ko‘rinishda edi, bu esa xizmatlar va agentlikning imkoniyatlarini to‘liq aks ettira olmasdi. Saytning dizayni va navigatsiyasi eski edi. Xizmatlar ro‘yxati esa tushunarsiz edi.
Saytning dizayni foydalanuvchiga ishonch bermasdi. Noto‘g‘ri yaratilgan dizayn natijasida hamkorlar va mijozlar bilan samarali aloqani o‘rnatishda muommolar bor edi. Xizmatlar bo‘limida aniq malumotlar yetishmasdi. Foydalanuvchilar xizmatlarni qanday tanlashni bilmasdi. Eski sayt navigatsiyasi tushunarsiz ishlardi.
YECHIM
Fido Studio kreativ jamoasi, Tasnif Groupning veb-saytini qayta ko‘rib chiqdi. Individual yechim berdi.
Sayt dizayni aniq va minimalizim uslubida qilindi. Katta bo‘sh joylar, noaniq matnlarni bartaraf etish va foydalanuvchilarga xizmatlar haqidagi ma'lumotni tezda olish imkoniyatini yaratadi. Har bir xizmat uchun vizual elementlar (ikonkalar, tasvirlar) qo‘shildi, bu foydalanuvchilarga xizmatlarni yanada osonroq tushunishga yordam beradi.
Har bir xizmat uchun aniq va tushunarli matnlar yozildi, xizmatlar kategoriya bo‘yicha ajratildi. Foydalanuvchilarga kerakli ma'lumotni tezda olish imkonyatini berdi. Xizmat sayt navigatsiyasi bo'ylab joylashtirildi, bu esa bo‘limni yanada interaktiv va aniq qilishga yordam berdi.
NATIJA
Tasnif Groupning yangi sayti nafaqat foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga yordam berdi, balki kompaniyaning brend imidjini kuchaytirishga ham xizmat qildi. Bu, o‘z navbatida, Tasnif Group uchun yangi mijozlarni jalb qiladi.
Yangi sayt brendni yanada professional va zamonaviy ko‘rinishda taqdim etdi, bu esa mijozlarning ishonchini oshirdi. Partfolya qismidagi muvaffaqiyatli loyihalar, kompaniyaning professional va tajribali ekanligini amalda ko‘rsatdi.
Sayt tuzilmasi va kontent bloklari qayta optimallashtirilgani uchun SEO ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Google indeksatsiyasi ko'tarildi. Xizmatlar bo‘yicha alohida bloklar qo‘shilgani qidiruv natijalarini kuchaytirdi. Sayt qidiruv tizimlarida yuqoriroq joylashishni boshladi.
Rasm va kontent optimallashtirilishi natijasida saytning yuklanish tezligi yaxshilandi. Mobil interfeysda ham qulay ishlashi ta’minlandi. Umumiy PageSpeed ballari ko‘tarildi.
CTA tugmalari va xizmatlar bo‘limining to‘g‘ri tuzilishi foydalanuvchi motivatsiyasini oshirdi. Saytdagi aloqa formasi tezda to‘ldiriladigan va foydalanuvchilar bilan aloqaga chiqishda qulaylik yaratadigan darajada optimallashtirildi. Murojaat yuborish jarayoni soddalashgani sabab leadlar sonida o‘sish kuzatildi. Bu agentlikning mijozlar bilan tezkor aloqada bo‘lishiga yordam beradi.







.avif)






