top of page
Fido Studio logo

ISH TURI

BRENDING

MONEFF

Cover Moneff.jpg

MONEFF

PROYEKT HAQIDA

Moneff – Yevropada faoliyat yuritadigan raqamli fintech servis bo‘lib, kichik va o‘rta bizneslar uchun xalqaro to‘lovlar va kartalar taklif qiladi. Mijoz Fido Studio’ga brend ruhiga mos, zamonaviy business debit karta dizaynini  ishlab chiqish taklif bilan murojaat qildi.

 

Bizning maqsad – oddiy “ko‘k plastik karta”dizaynidan qochish, Moneff’ni raqobatchilar orasida ajratib turadigan, shu bilan birga ilova interfeysi, reklama bannerlari va real hayotdagi mockup’larda yaxshi ishlaydigan asosiy key–visual karta yaratish edi.

VAZIFA

G‘oya markazida  minimalizm, fintech ruhiyati va bir qarashda taniladigan element tamoyillariga asoslanadi.

Brend palitrasidagi chuqur navy ko‘k rangni asosiy fon sifatida oldik va uning ustiga Moneff’ka xos bo‘lgan pushti–qizil radial glow joylashtirdik. Shu glow kartaning “yuragi”ga aylandi: ham yonib turgan signal, ham brend uchun imzo-detal sifatida ishlaydi.

 

Tipografiyada Poppins shrift tarkibidan foydalandik: yuqori o‘ng burchakda oq rangdagi Moneff wordmark, chap tomonda esa juda sodda “business debit” yorlig‘i. Old tomonni raqam va ortiqcha matnlardan tozalab, numberless front konsepsiyasini tanladik – bu ham dizaynni soddalashtirdi, ham digital-first fintech obrazini kuchaytirdi.

 

Kartadagi barcha elementlar grid bo‘yicha joylashgan: chap tomonda chip va functional zona, o‘ng tomonda esa brend va Mastercard logotipi diagonal balansda turadi. Natijada karta  juda minimal, lekin o‘z xarakteriga ega bo‘ldi.

NATIJA

Yaratilgan dizayn Moneff uchun nafaqat karta, balki markaziy brend vizualiga aylandi.  Karta: hamyonda, Apple Pay ichida, terminal yonida, welcome-kit qutisida yoki outdoor bannerlarda, qayerda ko‘rinmasin, navy fon va markazdagi glow tufayli bir qarashda Moneff sifatida tanila boshladi.

 

Minimal tipografiya va numberless front yechimi kartani premium, ishonchli va zamonaviy qilib ko‘rsatdi. Katta va kichik formatlarda sinab ko‘rilgan mockup’lar shuni ko‘rsatdiki, dizayn yuqori  darajada yaxshi ishlaydi: ham ekranlarda, ham bosma materiallarda, ham kundalik hayotda foydalanish uchun qulay. 

 

Natijada Moneff o‘z mijozlariga oddiy “debet karta” emas, balki raqamli servisni aks ettiradigan aniq, tizimli va esda qoladigan karta dizaynini taqdim eta oldi. Fido Studio esa ushbu vizual yechimni brend kommunikatsiyasining asosiy tayanchi sifatida shakllantirdi.

Colors.avif
Typograph.avif
Banner.avif
poster banner.avif
card.avif
kashelok.avif
terminal.png
12.avif
bottom of page