top of page
Fido Studio logo

ISH TURI

BRAND AYDENTIKA

KEZAR

Kezar

"Kezar" yirik to'qimachilik fabrikasi

MUAMMO

Kezar O'zbekistonda 20 yillik tarixga ega, yillar davomida o'z dizayni va uslubini saqlab kelayotgan kompaniya. Biroq, hozirgi dizayni zamon talablariga javob bera olmasligi sabab, kompaniya xalqaro bozorda katta yutuqlarga erisha olmaydi. Shuning uchun ular bizdan brend aydentika va logotipini qayta loyihalashtirishni so'rashdi.

YECHIM

Biz Kezar mijozlar psixologiyasiga asoslangan yangi aydentika va dizaynni yaratishga kirishdik. Biz  o’ziga xos uslub yaratishda ishni dastlab mijoz xaritasini yaratishdan boshladik. Brend aydentika ishlab chiqish jarayonida biz kompaniya qadriyatlarini o'zbek madaniyatining boy merosi bilan uyg'unlashtirishga e'tibor qaratdik. Ushbu uslubiy yondashuv Kezar to'qimachilik kompaniyasi tomonidan ma'qullangan va brending jamoasi e'tiboriga havola qilingan. Shuningdek, bu Kezar to'qimachilik kompaniyasining xalqaro darajadagi o’ziga xosligini  ta'minladi, bu esa kompaniyaning biznes hajmi sezilarli darajada oshishiga olib keldi.

JARAYON

LOGOTIP DIZAYN

Biz yaratgan logotipda paxta va charaqlagan quyosh aks etgan. Logotip "lyuks" uslubida yaratilgan va yuqori sifatli mahsulotlarni aks ettiradi.

Kezar uchun reklama varaqalari va professional katalog ham yaratilgan. Katalogda biz har bir rang soyasiga alohida e'tibor qaratdik.

Mijozlarning barcha buyurtmalari professional tarzda bajarildi va ular mamnun bo'lishdi. Eng muhimi, rebrending tomoshabinlar tomonidan iliq qabul qilindi. Brend haqidagi tasavvur va ma'lumotlar kengaydi.

BRAND AYDENTIKA

"Kezar" to'qimachilik kompaniyasining brend aydengtikasi zamonaviy innovatsiyalar va o'zbek madaniy merosining uyg'un kombinatsiyasiga asoslangan. Mijozlarga yo'naltirilgan yondashuv bilan kompaniyaning ideal sifati, an'analariga sodiqligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Guruhning o'ziga xos vizual tili global jozibadorlikni aks ettirishda murakkab o'zbek motivlari va yorqin soyalardan ilhomlangan. Kezar to'qimachilik kompaniyasi jahon bozorining dinamik talabini qondirish orqali o'zining mukammal merosini saqlab qolishga intiladi, bu ham an'anaviylik, ham taraqqiyotni ifodalovchi noyob o'ziga xoslikni yaratadi.

Kezar color palette
Kezar logo bag mockup
Kezar logo candle mockup
Kezar logo letter mockup
kezar logo mockup
Kezar logo identity
Kezar invoice
bottom of page