Jolbors Business Summit
ISH TURI
UI / UX / Vebsayt ishlab chiqish

Jolbors Business Summit
Proekt haqida
Jolbors Summit — Markaziy Osiyodagi ijodiy kommunikatsiyalar, reklama va marketing sohasiga bag‘ishlangan yetakchi festivallardan biri. Tadbir 13 yildan buyon o‘tkazilib, mintaqadagi kreativ industriya vakillari, agentliklar, brendlar va soha mutaxassislarini bir maydonda birlashtirib keladi.
Jarayon
Loyiha ustida ishlashda asosiy vazifa — Jolbors Summit’ning mavjud vizual identikasini saqlagan holda, festival ruhiga mos zamonaviy va dinamik veb-sayt yaratish edi.
Sayt strukturasi tashrif buyuruvchiga eng muhim ma’lumotlarni tez topish imkonini beradigan tarzda ishlab chiqildi. Spikerlar, ularning chiqish vaqtlari, festival dasturi, tadbir o‘tkaziladigan manzil hamda chipta narxlari alohida va tushunarli bloklarga ajratildi.
UI/UX dizaynda katta hajmdagi festival ma’lumotlarini sodda va tartibli ko‘rsatish, mobil va desktop qurilmalarda qulay navigatsiyani ta’minlashga e’tibor qaratdik. Tayyor dizayn Wix platformasida ishlab chiqilib, to‘liq ishlaydigan web-saytga aylantirildi.
Natija
Natijada Jolbors Summit 2024 uchun festival identikasini davom ettiruvchi, zamonaviy va foydalanuvchiga qulay veb-sayt yaratildi.
Sayt orqali tashrif buyuruvchilar festival dasturi va spikerlar bilan tanishish, chiqish vaqtlarini ko‘rish, lokatsiya haqida ma’lumot olish hamda chipta narxlarini tez topish imkoniga ega bo‘ldi.
Yakuniy web design va Wix development yechimi Jolbors Summit’ning digital kommunikatsiyasini yagona platformada birlashtirib, festival mehmonlari uchun tushunarli va qulay foydalanuvchi tajribasini shakllantirdi.
.webp)



.webp)

American - Uzbek Business & Investment Council
Loyiha haqida
American-Uzbek Business & Investment Council — AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi biznes aloqalarini mustahkamlash, investorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo va investitsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyiha.
Fido Studio ushbu loyiha uchun zamonaviy va professional veb-sayt dizaynini ishlab chiqdi. Asosiy maqsad — Council faoliyati, uning vazifalari va tashabbuslari haqida aniq ma’lumot beradigan, shu bilan birga yangiliklar va muhim voqealarni auditoriyaga yetkazadigan digital platforma yaratish edi.
Jarayon
Dizayn jarayonida loyihaning xalqaro va biznes yo‘nalishidagi xarakterini hisobga olib, ishonchli, professional va zamonaviy vizual uslub shakllantirildi.
Sayt arxitekturasi foydalanuvchilarga Council haqida ma’lumot olish, uning faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishish hamda so‘nggi yangilik va tadbirlarni kuzatish imkonini beradigan tarzda ishlab chiqildi.
UI/UX dizaynda katta hajmdagi biznes va axborot kontentini sodda, tushunarli va tartibli ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. Vizual ierarxiya, navigatsiya va kontent strukturasi foydalanuvchini kerakli ma’lumotga tez olib borishga moslashtirildi.
Natija
Natijada American-Uzbek Business & Investment Council uchun tashkilotning xalqaro maqomi va biznes yo‘nalishini aks ettiruvchi zamonaviy korporativ veb-sayt dizayni yaratildi.
Platforma Council faoliyati haqida ma’lumot berish, AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi biznes hamkorlikka oid yangiliklarni yoritish hamda investorlar va biznes vakillari uchun asosiy axborot manbalaridan biri sifatida xizmat qilishga moslashtirildi.
Yakuniy UI/UX yechim loyihaning professional imijini kuchaytirib, uning digital kommunikatsiyasi uchun yaxlit va ishonchli platforma shakllantirdi.
