ISH TURI
UI/UX, VEB SAYT
HAMROH
HAMROH
MAQSAD
Hamroh veb-saytini yaratishdan asosiy maqsad — ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tashabbusini aniq, ishonchli va qulay raqamli platforma ko‘rinishida namoyish etish. Sayt foydalanuvchiga Mentorlik , ta'lim, va moliyaviy yordamlarni taklif qilishi, biznesning qaysi bosqichida qanday yordam berishi va qay tartibda ariza topshirish uchun tez va tushunarli sayt yaratish . Shu bilan birga, saytda loyihalar, yangiliklar, hamkorlar va hududlar bo‘yicha natijalar yagona tizimga birlashtiriladi.
YECHIM
Yaratilgan saytda foydalanuvchi uchun qulay va sodda: avval missiyani tushunish, keyin imkoniyatlarni ko‘rish va oxirida ariza topshirish. Bosh sahifa kuchli sarlavha va ayol tadbirkorlarning fotosuratlari bilan ochiladi, undan keyingi bloklarda loyiha haqida qisqacha ma’lumot, aloqa, statistik natijalar, loyihalar, yangiliklar, mentorlar va hamkorlar ketma-ket joylashtirildi. Har bir bo‘lim kartochka ko‘rinishida ishlangan: rasm, sarlavha va ikki-uch qatordan iborat sodda matn foydalanuvchiga mazmunni tez anglash imkonini beradi. Har bir qismda “Ariza qoldirish” yoki “Loyihalar / Mentorlar / Xizmatlar / Hamkorlik ” kabi tugmalar ko'rinib turadi, shu sababli keyingi qadam aniq.
Vizual yechim sifatida sokin ko‘k rang palitrasi va och fonlar tanlandi — bu rasmiylik va ishonch hissini beradi. Katta fotosuratlar va keng bo‘sh joylar interfeysni yengil, zamonaviy va ayollar auditoriyasiga mos . Tipografiya yirik, o‘qilishi oson sarlavhalar va sodda matnlardan iborat. Barcha maketlar to‘liq moslashuvchan bo‘lib, mobil, planshet va kompyuter ekranlarida bir xil darajada qulay ishlashi ta’minlandi.
NATIJA
Natijada Hamroh vebsayti avvalgi vebsaytidan ko'ra zamonaviy va tushunarli interfeys dizayniga ega bo'ldi. Foydalanuvchilar saytga kirgan zahoti Hamrohning maqsadini, mavjud dastur va imkoniyatlarni va qanday qilib bir necha bosqichda ariza topshirish mumkinligini tushuna oladi. Ayol tadbirkorlar uchun ta’lim, maslahat, moliyaviy ko‘mak, mentorlar va hamkorlar haqidagi ma’lumotlar bir joyda jamlanganligi ularga qaror qabul qilishni osonlashtiradi.
Tashkilot nuqtai nazaridan sayt arizalarni yig‘ish, hamkorlar bilan aloqa qilish va hududlar bo‘yicha erishilgan natijalarni ommaga ko‘rsatish uchun yagona raqamli kirish nuqtasiga aylandi. Yaratilgan dizayn tizimi va vizual til uslubi loyiha uchun moslandi. Erishilgan natijalar har doim aniq ko'rinib turadi. Resurslar va yangiliklar bo'limi avtomatik yangilanish imkonini beradi.



Hamrohning
Yagona Ruhiyati
Hamrohning markazida bir yo‘lga jamlangan ishonch, qo‘llab-quvvatlash va ayollar hayotidagi o‘zgarishlarga hamnafas bo‘lish tamoyili yotadi. Bu platforma ayollarning ichki kuchiga, ularning o‘ziga xos yo‘liga va barqaror taraqqiyot sari tashlagan har bir qadami muhimligiga ishonadi. Har bir uchrashuv, har bir maslahat va har bir kichik yutuq — Hamrohning umumiy falsafasini aks ettiradi: imkoniyatlar yaratish, ishonch bag‘ishlash va ayolning o‘z yo‘lini mustahkam bosib o‘tishiga zamin yaratish. Maqsad — sodda, tabiiy va samimiy yondashuv orqali har bir ayolning ovozi, fikri va orzusi qadrlanadigan muhitni barpo etish hamda bu ruhning raqamli makonda ham xuddi hayotdagidek tabiiy va mos ravishda aks etishini ta’minlash.







