ISH TURI
Logo, Aydentika, UI/UX, WIX veb sayt ishlab chiqish
FINTRUCK

Fintruck
Maqsad
Fintruck – bu transport kompaniyalari uchun mo‘ljallangan moliyaviy platforma.
Asosiy muammo shundaki, eski veb-sayt mahsulotning foydasini yetarlicha tushuntira olmasdi: tashrif buyuruvchilar Fintruck ularga qanday yordam berishini anglab yetishmasdi. Navigatsiya haddan tashqari murakkab, matnlar umumiy bo‘lib, chaqiriqlar (CTA) kuchsiz edi. Natijada, foydalanuvchilarning aksariyati hech qanday harakat qilmasdan saytni tark etardi.
Qayta dizayn qilishdan ko‘zlangan maqsad — konversiya darajasini oshirish, sayt tuzilmasini soddalashtirish va uni to‘liq funksional savdo vositasiga aylantirish edi.
Yechim
Qayta dizayn davomida butun sayt tuzilmasi va foydalanuvchi yo‘li to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Bosh sahifaga mahsulotning foydasini aniq ko‘rsatadigan sarlavha va vizual namuna qo‘shildi. Har bir asosiy bo‘limda kuchli chaqiriqlar (“Bepul boshlang” va “Demonstaratsiya so‘rang”) bilan boyitildi. Kontent qisqaroq va natijaga yo‘naltirilgan bo‘ldi. Yangi bo‘limlar — mijozlar fikrlari, muvaffaqiyat hikoyalari va hamkorlar logotiplari qo‘shildi. Sayt tezroq ishlay boshladi, mobil qurilmalarga mos va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Natija
Yangi sayt ishga tushirilgach, hech qanday trafik o‘sishisiz konversiya darajasi 38% ga oshdi. Demo so‘rovlari 45% ga ko‘paydi, va saytni tark etish darajasi 27% ga kamaydi. Foydalanuvchilar saytning intuitiv, professional va ishonchli bo‘lib qolganini ta’kidlashdi. Natijada, Fintruck nafaqat yangi saytga, balki mijozlarni jalb qilish va ularni xaridorga aylantirish uchun samarali platformaga ega bo‘ldi.










Mini banner
Mini Banner (Dismissible) — Wix Velo yordamida dinamik ko‘rinish Saytga tashrif buyurgan foydalanuvchining e’tiborini tortish uchun yuqorida ko‘rinadigan mini banner kerak edi. Banner foydalanuvchiga maxsus xabar yoki aksiyani bildiradi va shu bilan birga “X” tugmasi bosilganda yopilishi kerak edi.Banner elementiga (#miniBanner) va yopish tugmasiga (#closeButton) ID biriktirildi. Sayt yuklanganda banner avtomatik ravishda show() funksiyasi orqali ko‘rinadi. Foydalanuvchi “X” tugmasini bosganda, onClick hodisasi orqali hide() funksiyasi chaqirilib, banner sahifadan yashiriladi. Agar kerak bo‘lsa, banner sessiya davomida qayta chiqmasligi uchun lokal saqlash (sessionStorage) ham qo‘llanishi mumkin.


Custom Tab Menu — Wix Velo yordamida interaktiv navigatsiya
Muammo: Fintruck.io saytida kontent ko‘pligi sababli, sahifadagi ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay va tartibli ko‘rinishda taqdim etish kerak edi. Wix Studio standart komponentlari bu ehtiyojni to‘liq qoplay olmasdi — ayniqsa, interaktiv tab funksiyasi kerak edi.
Yechim: Bu muammoni hal qilish uchun custom tab menu yaratdik. Tablar o‘rtasida bosish orqali kontent bloklari dinamik tarzda almashtiriladigan qilib sozlandi. Bu jarayonda Wix Velo (JavaScript API) imkoniyatlaridan foydalanildi.
Jarayon
Har bir tab va kontent blokiga maxsus ID biriktirildi (#tab1, #content1 va hokazo). Tab bosilganda faqat tegishli kontent ko‘rsatiladi, qolganlari esa hide() metodi bilan yashiriladi. Faol tab vizual ajralib turishi uchun CSS uslubidagi o‘zgarishlar (masalan, fon rangi) JavaScript orqali boshqarildi. Barcha kodlar Wix Velo muharririda yozildi, bu esa kodni to‘liq nazorat qilish imkonini berdi.




