top of page
Fido Studio logo

ISH TURI

BRENDING, UI/UX, VEB SAYT

Datatruck website

1.avif

DATATRUCK

MUAMMO

Datatruck – logistika kompaniyalari uchun kuchli AI-native TMS. Lekin eski veb-sayt bu mahsulotni dizayn va foydalanish qulayligi tomonidan aniq ochib bermasdi. UI dizayn muammosi bor edi. 

birinchi sahifada Datatruck nima qilishi, kimlar uchunligi va asosiy foydasi aniq ko‘rinmasdi. Sarlavha, izoh va tugmalar bir-biriga aralashib ketgan, matn ko‘p, lekin asosiy fikr ajratilmagan. Natijada foydalanuvchi bir qarashda “bu sayt menga nima beradi?” degan savolga javob topolmasdi.

 

 User flow, ya’ni foydalanuvchining sayt ichida harakati. Tashrif buyuruvchi,  broker, gibrid, logistik kompaniya  egasimi – sayt ichida o‘ziga mos yo‘lni topishi qiyin edi. Menyu va bo‘limlar aniq ketma-ketlikda qurilmagani uchun, foydalanuvchi qaysi sahifadan boshlab o‘qish, keyin qayerga o‘tish va oxirida qanday harakat qilishini (book a demo, start a free, va hokazo) tushunmay qolardi.

 

Shu sababli, kuchli sayt bo‘lishiga qaramay, eski sayt Datatruck’ning maqsadini tez tushuntira olmasdi, ishonch uyg‘otmasdi va foydalanuvchini aniq harakatga  olib bora olmasdi. Yangi dizayn va yangilangan user flow, zamonaviy UI  aynan shu muammoni hal qilish uchun kerak edi.

YECHIM

Biz Datatruck uchun segmentlarga bo‘lingan, yagona va tushunarli sayt konsepsiyasini tuzdik.  Maqsad – foydalanuvchiga birinchi soniyalardanoq qulaylik yaratish va sayt  qiymatini bosqichma-bosqich ochib berish.

Birinchi sahifada Datatruck “AI-native TMS for Freight For Smarter Financial Automation” sifatida ko‘rsatildi. Pastida qisqa subtekst: operatsiyalarni avtomatlashtirish, jamoani yengillashtirish, tez va ma’lumotga asoslangan qarorlar qabul qilish haqida sodda izoh berildi.

 

 Asosiy CTA – “Get Started for Free” tugmasi fonga nisbatan aniq ajralib turadi.

Biz yuqori qismda aniq navigatsiya qurdik va “Solutions” menyusini alohida zamonaviy blok sifatida ajratdik. Unda besh asosiy segment joylashtirildi:

Carriers

Brokers

Hybrids

Enterprise Fleets

Private Fleets

 

Har bir segment o‘z sahifasiga ega bo‘lib, foydalanuvchi “Men qaysi turdagi kompaniyaman?” va “Menga qaysi modul kerak?” degan savollarga tez javob topadi.

Funksional imkoniyatlar bo‘limida vertikal tablar ko‘rinishida quyidagi bloklar joylashtirildi:

“Cloud Analytics” (Bulut tahlili)

“Save Money & Time” (Pul va vaqtni tejash)

“Financial Control” (Moliiyaviy boshqaruv)

“Data Visibility” (Ma’lumotlarni ko‘rish)

“Replace Spreadsheets” (Jadvallarni almashtirish)

“Fleet & Safety Management” (Flot va xavfsizlik boshqaruvi)

 

Bu tuzilma foydalanuvchiga Datatruck’ning imkoniyatlarini tez skanerlash va o‘ziga kerakli nuqtaga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Alohida bo‘limda “Automate Repetitive Tasks” sarlavhasi ostida AI qismi hero sifatida ko‘rsatildi:

TruckGPT – hujjatlar va tariflardan ma’lumot ajratadi

AI Agents – brokerlar bilan kommunikatsiya va yangilanishlarni avtomatlashtiradi

AI Assistants – hisobotlar va jarayonlarni avtomatlashtirishga yordam beradi.

 

Dizayn uslubi minimalistik: oq fon, ko‘k aksentlar va toza tipografiya. Bu murakkab funksiyalarni ham foydalanuvchi uchun yengil, zamonaviy va chalg'itmaydigan ko‘rinishda taqdim etishga yordam berdi.

NATIJA

Yangi Datatruck sayti nafaqat dizayn, balki foydalanish qulayligi, SEO optimizatsiya, konversiya va performance bo‘yicha ham yuqori natijaga erishdi.

Tashrif buyuruvchilar Datatruck nima ekanini va kimlar uchun yaratilganini birinchi ekranda tushunadigan bo‘ldi.

Saytda adashish, keraksiz sahifalarda adashish kamaydi, navigatsiya mantiqiy va tushunarli bo‘ldi.

 

Asosiy CTA – “Get Started for Free” butun sayt bo‘ylab bir xil va ko‘zga tashlanadigan holga keltirildi, natijada ,, Book a demo'' va konsultatsiya so‘rovlariga olib boradigan yo‘l qisqardi.

Segmentlangan sahifalar har bir auditoriyaga aniq malumot  va foyda nuqtalarini ko‘rsatgani sabab, foydalanuvchilar tezroq qaror qabul qiladi.

 

Forma va user flow soddalashgani uchun konversiya zanjiridagi tushib qolishlar (drop-off) qisqardi.

 

SEO optimizatsiya saytning semantik tuzilmasi, yangilangan title va meta description’lar bilan qayta qurildi.

Sayt sahifasi  “Solutions”, “Product”, “Resources” ,,Pricing'' kabi bloklarga bo‘lingani tufayli sahifalarning mazmuni  foydalanuvchi uchun aniqroq bo‘ldi.

 

Rasmlar va grafikalar optimallashtirildi, og‘ir elementlar kamaytirildi, kerakli joylarda lazy load qo‘llandi. Sahifa yuklanish vaqti sezilarli qisqardi, bu foydalanuvchilarning tez chiqib ketishini kamaytirib, ko‘proq bloklarni ko‘rib chiqishiga yordam berdi.

 

Yengil UI va optimizatsiya qilingan uchun sayt performance ko‘rsatkichlari (Core Web Vitals) yaxshilandi.

Umuman olganda, Datatruck eski, chalkash landing’dan zamonaviy, segmentlarga ajratilgan, UX, SEO, konversiya va performancega yo‘naltirilgan operatsion saytga aylandi.

button.jpg
8.avif
Security.avif
ISO.avif
blog.avif
Automation.avif
Dashboard (1).avif
macbook.avif
Mobile version.avif
bottom of page