ISH TURI
UI/UX, WIX
BALANCE PRO

BALANCE PRO
MUMMO
BalancePro – BAA’da kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazish, bank hisobi, viza, soliq va yuridik xizmatlarni bir joyda beradigan servis. Lekin eski sayt va dizayn bu murakkab xizmatlarni oddiy foydalanuvchi uchun tushunarli emasdi.
Dizayn va UX nuqtai nazaridan muammo bor edi, savollarga javoblar tarqoq edi, birinchi ekrandan boshlab yagona “sayt xaritasi” yo‘q edi. Raqamlar, hamkorlar va sharhlar bor, lekin ular bitta tizim zanjiriga ulanmagandi. Hamkorlar agentlar va maslahatchilar uchun ham alohida UX yo‘li yo‘q edi – ular ham oddiy mijoz bilan bir xil sahifadan foydalanardi.
Bizning maqsadimiz: murakkab xizmatlarni hamma uchun tushunarli tilga o‘tkazish, dizayn va UI komponentlar orqali bir maromda olib boradigan foydalanuvchi yo‘lini tuzish va natijada saytdan keladigan konsultatsiya so‘rovlari sonini oshirish.
YECHIM
Biz saytni axborot oqimi bo‘yicha qayta qurdik: hero → “Why UAE?” → xizmatlar → “Why Choose Us” → statistika va hamkorlar → jarayon timeline’i → sharhlar → blog → kontakt forma. Shunday qilib foydalanuvchi sahifani o‘qimaydi, sayt tuzilishi bo‘ylab yuradi.
UI’da yagona dizayn tilini yaratdik: pill-taglar, katta sarlavhalarda och ko‘k aksent so‘zlar, card-based bloklar (xizmatlar, statistika, sharhlar, blog, partnerlar), toza grid va negative space. Rang palitrasi (to‘q ko‘k + oq + och ko‘k) va minimal ikonlar BalancePro’ni ishonchli, korporativ va zamonaviy qilib ko‘rsatadi.
UX jihatdan qayta ishlab chiqdik. 5 qadamli timeline (Consultation → Setup) murakkab jarayonni sodda vizual yo‘lga aylantiradi. Raqamlar, hamkor logotiplari va real sharhlar bir xil bloklarda berilib, ishonchni oshiradi.
Contact bo‘limidagi xarita + to‘q ko‘k fonli forma foydalanuvchini darhol “harakat”ga undaydi. Partnyorlar uchun esa alohida landing – ularning roli va foydasini sarlavha, kartalar va benefit-blok orqali aniq ko‘rsatadi.
NATIJA
Yangi sayt foydalanuvchiga BAA’da biznes ochish haqida uch asosiy savolga tez javob beradi: nega BAA, qanday xizmatlar bor, jarayon qanday va qayerdan murojaat qilaman. Axborot arxitekturasi va card-based UI tufayli sahifa tez scan qilinadi, foydalanuvchi yo‘qolmaydi va CTA’gacha mantiqiy yetib boradi.
Raqamlar, hamkorlar, sharhlar, blog va xarita birgalikda kuchli ishonch konstruktsiyasini yaratadi. Yagona dizayn tizimi (ranglar, tipografiya, komponentlar) esa BalancePro’ga barqaror raqamli identitet va keyinchalik yangi sahifalar qo‘shish uchun tayyor dizayn bazasini berdi. Natijada sayt oddiy vizitka shaklidan chiqib, konversiyaga ishlaydigan, dizayn va UX bilan boshqariladigan zamonaviy biznes saytga aylandi.











